Gepatit B ga qarshi emlashdan keyin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar

Gepatit B ga qarshi emlash maqsad bolalarni gepatit B kasalligidan himoya qilishdir.
Body

Boshqa vaksinalarda boʻlgani kabi bolalarning kam foizida vaqtinchalik nojoʻya taʼsirlar kuzatilishi mumkun. Bular:

  • emlama joyida ogʻriq, qizarish va qattiqlik;
  • ishtahaning yoʻqolishi;
  • uyquchanlik;
  • asabiylashish, uyqusizlik;
  • charchoqni his qilish;
  • bosh ogʻrigʻi;
  • qayt qilish, axlatning suvdek ketishi;
  • tana haroratining biroz koʻtarilishi.

Ushbu holatlar yengil kechadi va bir necha kun ichida asoratsiz yoʻqoladi.

Emlashdan soʻng jiddiy allergik holatlar juda kam (10 000 emlanganlar ichidan 1 tadan kamida) uchraydi, yuz va boʻyinning shishishi, nafas olishning qiyinlashuvi, kuchli holsizlik, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va hushdan ketish, terining koʻkarishi kabi belgilar paydo boʻladi. Koʻpincha bunday holatlar bola hali ham tibbiyot muassasasida boʻlganda kuzatiladi.

Tavsiyalar:

Agar emlashdan soʻng bolangizda yuqorida keltirilgan allergik holatlardan birortasi kuzatilsa, darhol pediatr yoki shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga murojaat qiling.

Bolaning holatini kuzatib turish uchun emlashdan keyin 10 minut kutish xonasida boʻlishi maqsadga muvofiqdir.