Gullarni quritish

Kerak boʻladigan materiallar: oshxona uchun moʻljallangan qogʻoz oʻrami, yupqa karton qogʻoz, ogʻir kitoblar yoki gullar pressi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: gullarni quritish uchun bajarishingiz zarur boʻlgan bosqichlar:

– tashqariga chiqing va bogʻdan bir nechta gul terib keling, ari va kapalaklar uchun ham gullar qoldirishni unutmang! Gullar pressi bizga ulardan namlikni ketkazish uchun kerak boʻladi, shu sababli ham quruqroq gullarni tergan maʼqul;

– oshxona uchun moʻljallangan qogʻoz oʻramini bir necha qavat qilib toʻshab, gullar qanday koʻrinishda boʻlishini xohlasangiz, ularni oʻram ustiga shu tarzda qoʻyib chiqing. Ustidan yana bir necha qavat qogʻoz toʻshang. Hosil boʻlgan qatlamni ikkita yupqa karton orasiga joylaymiz, buning uchun qovurdoqlarning karton qutilari ham juda qoʻl keladi;

– bosilgan gullarni ogʻir kitob (masalan, lugʻat) yoki qattiq muqovali bir nechta kitob tagiga joylashtiring. Bir necha kundan keyin gullarning qanday oʻzgarganini tekshirib koʻring. Ularning rangi oʻzgardimi yoki saqlanib qoldimi? Har xil gullar bilan tajriba oʻtkazib koʻring. Kapalakgul oʻz rangini juda yaxshi saqlab qoladi, shu jihatdan ham ular bu mashgʻulotga juda mos keladi. Agar gullar jigarrang tusga kirib qolgan boʻlsa, demak, ular juda uzoq vaqt qurigan.

Moychechak, binafsha kabi gullar yassi koʻrinishda chiroyliroq koʻrinadi. Yirikroq, qattiq gullarni bosish oson emas.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: gullarni presslash – atrof olam goʻzalligini uy ichiga olib oʻtishning ajoyib usli, barcha yoshdagilarga mos keladi va buning uchun sizga faqatgina bir nechta uy-roʻzgʻor buyumlari kerak xolos. Presslangan gullar oʻzingiz yasagan tabrik qogʻozlarining yuza qismi uchun ajoyib bezak boʻlishi mumkin va bu bolalarni tabiatga qiziqtirishning ijodiy usulidir.