Hasharot ovi

Kerak boʻladigan materiallar: ruchka, qogʻoz.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: uyingizga yaqin boʻlgan bogʻ yoki xiyobonga boring va hasharot izlash uchun joy toping, masalan, daraxtlar, butalar, baland oʻtlar yoki koʻllar atrofi. Farzandingizga hududni diqqat bilan kuzatib, hasharotlarni qidirishni ayting. Oʻtlar, toshlar osti, barglar, daraxtlar shoxlarida ular qanday hasharotlarni topishlari mumkin? Bolalarga topilgan hasharotlarni daftarlariga chizishni va taʼriflashni taklif qiling. Hasharotlarni tutib boʻlganingizdan soʻng yaqinroq kutubxonaga borib, u yerda oʻz topilmalaringiz toʻgʻrisida maʼlumot yigʻishga harakat qiling, bunday maʼlumotlarni onlayn resurslardan ham topishingiz mumkin.

Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, yer yuzidagi har bitta odamga 200 millionta hasharot toʻgʻri kelarkan!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: xiyobon va bogʻlarni oʻz uylari deb hisoblaydigan ajoyib hasharotlarni kashf qilish uchun bolangizni hasharot oviga olib boring! Atrofimizda yashovchi barcha gʻingʻillaydigan, sudralib yuradigan va uchadigan jonzotlar bolalarni hayratga soladi. Bu mashgʻulot bolaning kuzatish va diqqatni jamlash qobiliyatlarini yaxshilash uchun juda yaxshi samara beradi, yovvoyi tabiat haqidagi tushunchalarini boyitadi.