Hasharotlar chaqqanda birinchi yordam

Eng yaqin tibbiy muassasadan yordam soʻrash yoki tez yordam chaqirish kerakligini tushunish uchun chaqilgan joyni va hasharot turini aniqlash muhimdir.
Body

Hasharotlar chaqqanda birinchi yordam quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Farzandingizni tinchlantiring va uni chaqilgan joyiga tegishi yoki tirnashiga yoʻl qoʻymang.
  • Hasharot nayzasi/nishini ehtiyotkorlik bilan olib tashlang. Buni imkon qadar tezroq qilish kerak, chunki nayza terida boʻlsa, u zaharni chiqarishda davom etadi.
  • Chaqilgan joyni sovun va toza oqar suv bilan yuving.
  • Ogʻriq va shishishni kamaytirish uchun chaqilgan joyga sovuq kompress (masalan, matoga oʻralgan muz) qoʻllang. Kompressni 15 daqiqaga qoldiring va hech qachon muzni toʻgʻridan toʻgʻri teriga qoʻymang, uni albatta mato bilan oʻrang.
  • Agar chaqilgan joy qoʻl yoki oyoqda boʻlsa, shishishni kamaytirish uchun ularni yuqoriga koʻtarish kerak.
  • Mahalliy oʻzgarishlar paydo boʻlgandan soʻng, jiddiy allergik reaksiyaning yuzaga kelishi mumkinligini aniqlash uchun, keyingi soatlarda bolaning umumiy holatini diqqat bilan kuzatib borish lozim.

Agar bolada jiddiy allergik belgilarni sezsangiz yoki hasharotlar bolaning ogʻzi, burni, tomogʻini chaqqan boʻlsa yoki bola hasharotni yutib yuborgan yoki nafas olishda burniga tortib yuborgan boʻlsa, darhol tez tibbiy yordamga (103) qoʻngʻiroq qiling.

Agar siz shifokorga tezroq yetib bora olsangiz, bolani eng yaqin tibbiy muassasaga (klinika, tibbiy markaz, shifoxonaga) olib borishni tashkil qiling.