Hayotning ikkinchi yilda ortiqcha vazn va semizlik kuzatilgan bolalar uchun umumiy tavsiyalar

Ortiqcha vazn koʻpincha meʼyordan ortiqcha ovqatlanish yoki kam jismoniy faoliyat natijasida yuzaga keladi. Semizlik butun hayot davomida sogʻliqqa koʻplab muammolar olib keladi, shu sababli uni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf qilish kerak.
Body

Ortiqcha vazn koʻpincha meʼyordan ortiqcha ovqatlanish yoki kam jismoniy faoliyat natijasida, kamdan-kam hollarda nasliy kasalliklar natijasida yuzaga keladi. Bolaning atrof-muhiti va uni parvarish qilish uslubining oʻzgarishi ham tana vazniga taʼsir qilishi mumkin, shuning uchun ularni diqqat bilan koʻrib chiqish kerak. Ortiqcha vazn sogʻliq bilan bogʻliq koʻplab muammolarga olib keladi: suyak va boʻgʻimlarning deformatsiyalari, yurak va qon tomirlari kasalliklari, endokrin kasalliklar, depressiya, oʻz imkoniyatini past baholash va keyinchalik kattaroq yoshda oʻzlashtirish koʻrsatkichining pastligi. Ortiqcha vaznni oʻz vaqtida aniqlash va vaznni meʼyoriy oʻsish koʻrsatkichlariga qaytarish choralarini koʻrish muhimdir.

Agar bolangiz ortiqcha vazn qoʻsha boshlaganini koʻrsangiz, uni shifokor / pediatrga chuqurroq tekshirish uchun olib boring.

Bola uchun tavsiyalar:

  • Farzandingizning ovqatlanishlar soni, ovqat miqdori va tarkibi uning yoshiga mos ovqatlantirish tavsiyalariga muvofiqligi va u kerakli oziq-moddalarni yetarli miqdorda olayotganiga ishonch hosil qiling;
  • Uni yanada rang-barang sabzavotlar (ayniqsa yashil, qizil va toʻq sariq) va turli xil yangi mevalarni isteʼmol qilishga chorlang;
  • Siz tabiiy meva sharbatini ovqatlanishga qoʻshimcha sifatida berishingiz mumkin, uning miqdori 120–180 ml dan koʻp boʻlmasligi kerak;
  • Bola chanqaganida unga shirin ichimlik (shirin choy, gazlangan ichimliklar, konservantli sharbatlar) emas, toza suv bering;
  • Toʻliq boshoqli dondan tayyorlangan non, makaron va yormalarni tanlang;
  • Sogʻlom oqsillarni tanlang: tovuq goʻshti, dukkaklilar, kam yogʻli pishloq va boshqalar;
  • Siz 1–2 yoshdagi bolalarga toʻliq-yogʻli pasterizatsiya qilingan sutni va 2 yoshdan katta bolalarga yogʻsiz sutni berishingiz mumkin;
  • Kam darajada ishlov berilgan mahsulotlardan foydalaning. Chunki ularda juda koʻp foydali xususiyatlar saqlanib qoladi. Bunday mahsulotlar yordamida xilma-xil va toʻlaqonli ovqatlanishni taʼminlaysiz;
  • Farzandingizga yuqori kaloriyali va shoʻr oziq-ovqatlar (yogʻli va xamirli pishiriqlar, yogʻli tamaddilar, kartofel chipslari) bermang, ular bolani toʻydiradi va foydali ovqatlarga ishtahasini pasaytiradi;
  • Farzandingizga shirin taomlarni: shirinliklar, pechenye, shokolad, shokoladli sut bermang;
  • Bolangiz bilan suhbatlashing, u sizning qoʻllab-quvvatlayotganingizni bilsin;
  • Bola yolgʻizlikni his qilmasligi uchun jismoniy yuklamalarga va butun oilaning ovqatlanish odatlariga bosqichma-bosqich oʻzgartirish kiriting;
  • Farzandingizga oʻrnak boʻling;
  • Ovqatlanish, faol mashgʻulotlar va uyqu tartiblarini oʻrnating, unga uxlashga yetarli vaqt bering;
  • Ekran oldida oʻtirish vaqtini 1 soatdan kam qilib belgilang (planshet, televizor, telefon);
  • Farzandingiz 2 yoshdan katta boʻlsa, oʻrtacha va jadal faollikdagi bir nechta jismoniy mashqlarni bajartiring. Ularning davomiyligi boʻlsin. Bunday mashqlar (tez yurish, suzish, sakrash, toʻp oʻynash, velosipedda uchish) bolaga qiyinchilik tugʻdirmaydi, oila aʼzolariga ham, uning oʻziga ham yoqimli boʻladi. Ushbu jarayonga kun davomida kamida 60 dan 90 daqiqagacha vaqt ajrating.

Butun oilani faol va sogʻlom qiladigan oʻzgarishlar, yangi odatlardan zavqlaning!