Hayvonlar alifbosi!
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni boshlash uchun birinchi ishtirokchi istalgan bitta hayvonning nomini aytadi, keyingi ishtirokchi esa uning oxirgi harfiga boshlanadigan boshqa hayvon nomini aytadi. Masalan, fil – leopard – delfin va h.k.
Bir daqiqa yoki boshqa kelishilgan vaqt davomida hayvon nomini ayta olmagan ishtirokchi oʻyindan chetlatiladi!
Oʻyin qoidasini biroz oʻzgartirsa ham boʻladi, yaʼni ishtirokchilar alifboga qarab, har bir harfga nechta hayvon nomini aytish mumkinligini koʻrsa boʻladi. Musobaqali oʻyinda har bir harfga eng koʻp hayvon nomini topgan ishtirokchiga bir ochkodan beriladi. Alifbo oxiriga kelib eng koʻp ochko yiqqan ishtirokchi gʻolib hisoblanadi!
Hayvonlar alifbosi sizga yoqqan boʻlsa, boshqa mavzularni ham sinab koʻring. Oʻsha qoidalar asosida alifbo boʻyicha mamlakatlar, taomlar va sizga qiziqarli boʻlgan koʻplab mavzularda oʻynashingiz mumkin!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday oddiy soʻz oʻyini bolalarning imlo va soʻz boyligini yaxshilashga hamda hayvonlar dunyosi haqidagi bilimlarini kengaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, u uzoq safarlarda sizga soatlab zavq bagʻishlaydi!