Hayvonlarga taqlid oʻyini
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: hayvonlarga taqlid oʻyinini yakka tartibda ham oʻynasa boʻladi, lekin uni jamoa boʻlib oʻynash qiziqroq. Ishtirokchilardan sahna sifatida foydalanish mumkin boʻlgan biror joy atrofida yigʻilishlarini soʻrang.
Oʻyinni boshlaydigan ishtirokchi birorta hayvonni tanlab, uning qanday harakatlanishi va tovush chiqarishini oʻylab koʻrishi kerak. Keyin esa u shu hayvonga taqlid qilib, jamoa oldida “chiqish” qilishi kerak boʻladi. Keyingi navbat qanday hayvonga taqlid qilinayotganini topgan birinchi ishtirokchiga tegadi, qolganlar esa yana topishda davom etadi.
Agar yakka tartibda oʻynayotgan boʻlsangiz, farzandingizdan koʻplab turli hayvonlarning, jumladan, sudralib yuruvchilar, qushlar va hatto baliqlarning harakat va tovushlarini koʻrsatib berishini soʻrang.
Taqlid qilinayotgan hayvon harakatlariga mos ravishda tovush chiqarishni ham unutmang!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot bolalarni sevimli hayvonlarini gavdalantirishga undaydi. Hayvonlarga taqlid qilish orqali bolalar oʻz tasavvurlarini ishga soladi, turli tana harakatlari va shovqinlarni oʻrganadi. Bundan tashqari, boshqalarning xatti-harakatlarini kuzatish va ularning harakatlarini mos keladigan hayvonniki bilan solishtirish – qiziqarli jamoaviy faoliyat va qiziqarli kognitiv testdir.