Hayvonlarni aniqlash

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingiz bilan turli xil tabiat manzaralarini koʻrish mumkin boʻlgan joylarga boring, masalan, qishloqqa, mahalliy bogʻlarga, hech boʻlmasa, uyingiz orqasidagi bogʻchaga. Bolangizga atrofni kuzatishni tavsiya qiling, u qanday hayvon va hasharotlarni koʻrayotganini soʻrang. Yon-atrofga diqqatli boʻlishga va kuzatuvlarini eslab qolishga undang. Tuproqda, maysalarda tirik mavjudot bormi? Butalarning barglari va daraxtlarda-chi? Osmonda ham bormi? Ular turli hudud va yashash joylarini oʻrganib, ajoyib topilmalarini taqqoslashlari mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: Qidirish, izlab topish bilan bogʻliq mashgʻulotlar bolalardan hushyorlikni, diqqatni jamlashni va eʼtiborli boʻlishni talab qiladi. Oʻz atrofini kuzatib hayvonlarni qidirish davomida bolalar atrofdagi tabiat haqida tushunchaga ega boʻladi. Bundan tashqari, ular oʻzlari koʻrgan yovvoyi tabiatni tasvirlash uchun yangi soʻzlarni oʻrganadilar va shu orqali soʻz boyliklarini oshiradilar.