Hayvonlarning tovushlari
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: navbatma-navbat hayvonlarnikiga oʻxshash tovushlar chiqaring, boshqalar esa ularni topishga harakat qilsin. Oʻyin ishtirokchilari oddiy hayvonlarning tovushlarini tezda aniqlab oladi, shuning uchun noodatiy tovushlarni topishga harakat qiling, masalan, antilopaning xirillashi yoki boʻrsiqning irillashi. Omad!
Sherning oʻkirgani 8 kilometrgacha boʻlgan masofaga eshitiladi – bu taxminan 80 ta futbol maydoni degani!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday qiziqarli mashgʻulot bolalar chiqarayotgan tovushlarni haqiqiy hayvonlarning ovozlari bilan solishtirishga yordam beradi. Bolalar hayvonot olamiga shoʻngʻishni yoqtiradi va sigirning boʻkirishidan tortib sherning oʻkirishigacha boʻlgan turli tovushlar va tabiat haqidagi bilimlarini kengaytiradi.