Hikoyachi
Kerak boʻladigan materiallar: hikoyalar toʻplami.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: dastlab mashgʻulot oʻtkaziladigan joyni tayyorlashingiz kerak. Unutmang: bu joy ikkalangiz uchun ham qulay boʻlishi kerak. Bu safar u karavot yoki oʻrindiqda oʻtirishi mumkin.
Hikoyani qahramonlarning ovozi va imo-ishoralari bolaning eʼtiborini jalb qiladigan qilib oʻqib bering. Kichkintoyingiz sizni kuzatishi va tegishli javob koʻrsatishi uchun unga hikoya qahramonining baxtiyor, gʻamgin, gʻazabli ekani yoki qandaydir his-tuygʻularni boshidan kechirayotganini koʻrsating.
Hayratlanishni koʻrsatish uchun qoʻllaringizni koʻtarishingiz mumkin. Kichkintoyingiz boshqalar his qilayotgan hissiyotlarni boshdan kechirishiga imkon berish muhimdir. Farzandingizni javob berishga ragʻbatlantiring.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday mashgʻulot yordamida siz kichkintoyingiz boshqalarning his-tuygʻularini tanib olishi va ularga munosabat bildirishiga koʻmaklashasiz. Farzandingiz siz bilan oʻz qiziqish va zavqlarini baham koʻrishni oʻrganadi.