Hissiyotlarni namoyon qilish

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oldin kichkintoyingiz bilan shugʻullanish uchun joy tayyorlab oling. Farzandingizni qulay joyga, oʻrindiqqa yoki tizzangizga yuzini yuzingizga qaratgan holda oʻtqazishingiz mumkin. Bu mashgʻulotni taglikni almashtirayotgan yoki kichkintoyingizni choʻmiltirayotgan paytingizda ham bajarishingiz mumkin.

Dastlab kichkintoy bilan oʻynang, chehrangizda quvonch, xotirjamlik, gʻurur, zavq, hayrat, muhabbatni ifodalang, koʻzlaringizni katta ochib, qoshlaringizni koʻtaring, uni oʻpib, erkalang, quchoqlang. Kichkintoyingiz tanib, koʻnikishi uchun jarayonga tovushlar ham qoʻshing. Hissiyotlaringizni namoyon qiling va kichkintoyingiz ularning har biriga munosabat bildirishini kuting.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot yordamida kichkintoyingiz boshqalarning hissiyotlarini tanib, ularga javob qaytarishni oʻrganadi.