Jarohatdan qon ketishni qanday toʻxtatish kerak?

Qon ketishi turli xil jarohatlar natijasida (kesilish, yiqilish va yoʻl-transport hodisalari tufayli) yuzaga kelishi mumkin. Qon ketishni toʻxtatish usuli jarohatlanish turiga bogʻliq va ushbu usullarni bilish esa kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlarga bogʻliq holda qoʻshimcha ahamiyatga ega.
Body

Yuzaki jarohat

  • Jarohat joyini kirdan tozalash uchun sovun va oqar suv bilan yuving.
  • Jarohatni quriting.

Ozroq qon ketishi

  • Jarohatni yuvgandan keyin unga steril dokani qoʻyish kifoya qiladi.
  • Agar sizda steril doka boʻlmasa, toza matodan foydalaning va uni leykoplastir bilan mahkamlang.

Koʻp qon ketishi

  • Qon ketishini toʻxtating. Buning uchun qon oqayotgan jarohat joyiga buklangan steril doka qoʻying va qattiq bosmasdan, qon ketgan joyni bir muddat ushlab turing.
  • Qon ketishini kamaytirish uchun qon ketayotgan tana qismini koʻtaring.
  • Steril dokani bint bilan (agar boʻlsa), uning atrofini oʻrash orqali mahkamlashingiz mumkin.
  • Agar doka va bintdan qon oqib chiqayotganini koʻrsangiz, ularni olib tashlamang; buning oʻrniga, koʻproq doka qoʻyib, qon ketish joyini qattiqroq bosing.
  • 5–10 daqiqadan soʻng, qon toʻxtaganini tekshiring.
  • Agar qon ketishi toʻxtamagan yoki jarohatning chetlari ochilgan boʻlsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
  • Tibbiy muassasaga yetib borgunga qadar jarohatni doimo bosib turing.
  • Agar tananing bu qismi koʻkarganini yoki muzlaganini sezsangiz, bosimni yengillashtiring.

Juda koʻp qon ketishi

  • Yuqorida taʼriflanganidek, jarohatni bosing va darhol tez yordam chaqiring (103 ga qoʻngʻiroq qiling).
  • Tez yordamni kutayotganda, jarohatni doimo bosib turing va tananing shu qismini baland holatda ushlang.
  • Agar tananing bu qismi koʻkarganini yoki muzlaganini sezsangiz, bosimni yengillashtiring.
  • Bolaning ahvolini kuzatib boring, u bilan gaplashing va tasalli bering.

Nima qilmaslik kerak?

  • Hech qachon jarohatdagi yot narsalarni olib tashlamang, chunki bu qon ketishini kuchaytirishi mumkin!
  • Jarohatga hech narsa qoʻymang!
  • Koʻp qon ketayotgan jarohatni juda koʻp yuvmaslik kerak!