Josuslik qilyapman
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: kim birinchi boʻlib borishini kelishib oling – bu ishtirokchi koʻrish mumkin boʻlgan uzoqlikdagi biror obyekt yoki predmetni tanlaydi va yordamchi soʻz sifatida, tanlangan narsaning birinchi harfini aytadi. Masalan, “Men “s” harfi bilan boshlanadigan bir narsani koʻryapman”. Qolgan ishtirokchilar esa bu nimaligini topishga harakat qilishi kerak. Obyektni toʻgʻri topgan ishtirokchi keyingi josus boʻladi.
Tanlangan narsa yoki obyekt tezda koʻzdan yoʻqolib qolsa, zarari yoʻq, yoʻqolmaydigan boshqa biror narsa tanlang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu klassik bolalar oʻyini kichkintoylarni yon-atrofidagi hamma narsaga diqqat bilan qarashga undaydi. Bu kuzatish qobiliyatini rivojlantirish va uzoq safarlarda vaqt oʻtkazish uchun juda ajoyib mashgʻulotdir!