Juftlar
Kerak boʻladigan materiallar: oʻyin kartalari.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni boshlash uchun kartalarni rasm tomonini pastga qaratgan holda stol yoki boshqa biror tekis yuzaga qoʻying. Nechta karta ishlatilishi ishtirokchilar soni yoki oʻyin davomiyligiga bogʻliq, faqat toʻplamda hech boʻlmaganda ikkita bir xil karta boʻlishiga eʼtibor qiling (yaʼni ikkita qirol, ikkita tuz, ikkita ikkilik va h.k.).
Ishtirokchilar juftini topish uchun navbati bilan ikkitadan karta ochishadi. Juft boʻlib chiqmagan karta yana oʻgiriladi va joyiga qoʻyiladi, keyingi ishtirokchi esa yana ikkita kartani ochadi. Agar ishtirokchi ikkita bir xil kartani ochsa (yaʼni, ikkita oʻrdakcha, ikkita giloscha, ikkita banancha va hok.), u kartalarni oʻziga qoldirib, yana ikkita kartani ochadi. Oʻyin shu tarzda davom etadi.
Oʻyin soʻngida juft kartalarni eng koʻp yiqqan ishtirokchi gʻolib hisoblanadi!
Agar bu oʻyinni yakka oʻzingiz oʻynayotgan boʻlsangiz, uni vaqtga qoʻying, yaʼni bir xil kartalarni qancha vaqt ichida topa olasiz? Oʻz natijangizni yozib oling va keyingi safar uni yaxshilashga harakat qiling!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu klassik karta oʻyini ishtirokchilarning konsentratsiyasi va xotirasini tekshirib koʻradi. Bundan tashqari, u turli yoshdagi bolalar va kattalar uchun uzoq vaqt oʻyin-kulgini taʼminlaydi, shu bilan birga, bu oʻyinni alohida yoki guruhlarda oʻynash mumkin. Ayniqsa, u yomgʻirli kunda juda ajoyib mashgʻulotdir!