Jumlani tugating

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: navbatma-navbat gap tuzing, lekin boshqalar bu jumlani toʻldirishlari uchun bir-ikkita soʻz qoldirib keting. Masalan, “Kuzda koʻplab _____ va _______ gʻarq pishadi”. Oʻyin jadal borishi uchun yaxlit bir hikoya tuzishga intilmang, kulgili va qiziqarli, qisqa jumlalar yaratishga harakat qiling!

“Kunlardan bir kun” va “Bir bor ekan” kabi soʻzlar bilan boshlanmaydigan qiziqarli jumlalar tuzgan yaxshi. “Ana xolos” yoki “Hech qachon” deb boshlab koʻring-chi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday qiziqarli guruh oʻyinida bolalar lugʻat, feʼllar, otlar, sifatlar va zamonlardan foydalangan holda oʻynaydi. Kulgili gaplar tuzish soni cheklanmagan – ular barchani kuldirishi aniq!