Kamgap josus
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolalarga bir guruh boʻlib oʻtirishni taklif qiling. Bir kishi hech kimga bildirmasdan hamma koʻrayotgan bir obyektni tanlaydi va “Men kamgap josusman. Nimani koʻrayotganimni topa olasizmi?” deydi. Josus ishtirokchilarga faqatgina bitta yordam berishi mumkin – tanlangan obyekt nomidagi harflar sonini aytadi. Agar qolgan ishtirokchilar yashiringan buyumni topa olishmasa, josus uning nimaligini aytadi va boshqa buyum tanlaydi. Tanlangan buyumni topgan ishtirokchi keyingi josus boʻladi.
Ehtiyot boʻling va har safar buyumni turli tomondan tanlang – bu boshqalarni yaxshiroq ishlashga undaydi!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: kamgap josus (Silent Spy) – bolalar tadbirlari va sayohatlar uchun ajoyib oʻyindir. Bu oʻyin bolalardan diqqatni jamlashni va yon-atrofidagi narsalarga eʼtiborli boʻlishni talab qiladi, shu bilan birga, bu mashgʻulot davomida bolalar talaffuzlarini ham mashq qilishadi!