Karavot va tasavvur
Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolalar karavotda oʻtirgan payti karavot ular uchun nimalarga aylanishi mumkinligi haqida soʻrang. Balki paravoz yoki samolyot boʻlar? Yoki qutqaruv qayigʻimi?! Ular qayerga sayohat qilyapti va nimalarni koʻrishlari mumkin?
Ular choyshab ostiga yashirinib, oʻzlarini goʻyo gʻorda giyohlardan ajabtovur damlamalar tayyorlayotgan afsungardek tasavvur qilishi mumkin. Balki, ular qalin oʻrmonda momiq ayiqcha bilan sayr qilayotgandirlar?!
Yanada berilib oʻynashlari, sarguzashtlari yanada jonli oʻtishi uchun ularga bir necha xil oʻyinchoq taqdim eting! Ularning tasavvurlariga erkinlik bering...
Mashgʻulotni “Topgan – topaloq” oʻyiniga aylantiring. Bunda bir ishtirokchi (yoki bir nechta ishtirokchilar) karavotda oʻtirgan payt boshqa ishtirokchi karavotdagi ishtirokchining tasavvuridagi ssenariyni taxmin qilishi kerak boʻladi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bolalar cheksiz tasavvurga ega, ular istalgan narsadan oʻyin oʻylab topa oladilar! Balki, bu mashgʻulotni yomgʻirli kunda ham sinab koʻrarsiz?