Kattalar bilan maroqli suhbat

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolalar kattalar bilan suhbatlashishdan zavqlanadi. Har safar imkon tugʻilganda bolangiz talaffuz qilgan tovushlarni takrorlagan holda suhbatni boshlang (bu soʻz, undov yoki noaniq ovoz boʻlsa ham), keyin esa bola taqlid qilib takrorlashini kuzating, shu asnoda oʻzaro muloqot uchun birinchi qadam qoʻyiladi. Undan keyin yana bir nechta tovush yoki soʻzlarni kiritishingiz mumkin, tabassum yoki ogʻzaki dalda bilan ularni muloqotda qatnashishga undang. Masalan: “Muuuu”, “Sigir muuu deydi”, “Kelinglar, muuuu deymiz!”. Har doim bolaning ishtirokini ragʻbatlantiring, qoʻllab-quvvatlang, soʻng iloji boricha boshqa ovozlarni sinab koʻring – shamol ovozi, yomgʻir ovozi, daryo ovozi, hammomdagi suv ovozi, dadajonning shippagi chiqaradigan ovoz, bolalar bogʻchasining eshigi ovozi kabi.

Siz bu mashgʻulotdan turli hayotiy vaziyatlarda, nafaqat oʻyin oʻynaganda yoki boʻsh vaqtingizda, balki kundalik ishlar jarayonida ham – kiyinganda, ovqat tayyorlaganda, gigiyena qoidalariga rioya qilganda, xarid qilganda, yurganda, mashina haydaganda, biror nimani kutganda foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, suhbatni kunlik kitob mutolaasi jarayonining muhim qismiga aylantirishni unutmang: “Qara-chi, manavi qiz nima qilyapti? Nimani koʻryapsan? Men itlarni koʻryapman. Qiziq, u nima deyapti?”

Farzandingiz nimani oʻrganadi: siz bilan muloqot davomida bolangiz soʻz birikmalaridan foydalanishni oʻrganadi va oʻz soʻz boyligini boyitadi.