Kegli
Kerak boʻladigan materiallar: kegli toʻplami, koptok.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ochiq havoda farzand(lar)ingizdan keglilarni (yoki butilkalarni) uchburchak yoki romb shaklida, orasini ochgan holda qoʻyib chiqishini soʻrang. Oʻyinchilar toʻrt-besh metr naridan navbat bilan koptokni keglilarga qarab otib, imkon qadar koʻproq keglini agʻnatishlari kerak boʻladi. Har bir agʻdarilgan kegli uchun ball beriladi. Eng koʻp ball toʻplagan oʻyinchi oʻninchi turdan soʻng oʻyinda gʻalaba qozonadi! Bolalar har gal keglilardan yanada uzoqlashib, oʻyinni bir necha marta oʻynashlari mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: kegli – Qadimgi Misrdan hozirgi kunga qadar oʻyinchilarni oʻziga jalb qilib kelgan oddiy oʻyin. Bu oʻyin zerikishga qarshi yaxshi vosita boʻlibgina qolmay, bolalarda kognitiv va harakatlanish koʻnikmalarini oshirib, ular qay yoʻsinda yanada koʻproq keglilarni agʻnatish mumkinligini anglab yetishiga yordam beradi. Bu oʻyin butun oilangizga maʼqul boʻladi.