Keyin nima boʻladi? Syujetli oʻyin

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyin maqsadi – birgalikda qiziqarli hikoya aytish!

Oʻyin ishtirokchilari soniga qarab bolalar yo aylana boʻlib oʻtirishi, yo navbati qachon kelishini aniq bilishi kerak. Oʻyinni boshlash uchun bitta ishtirokchini tanlang va hikoyani boshlang...

Har bir ishtirokchi ikki daqiqa davomida hikoyaning oʻziga tegishli qismini aytib berishi kerak. Berilgan vaqt tugagach, keyingi ishtirokchi hikoyani qolgan joyidan davom ettirib ketishi zarur.

Oʻyinni oxirgi ishtirokchining hikoyasi bilan yoki kelishilgan vaqtda tugatish mumkin (masalan, 5 daqiqada) – ishtirokchilar belgilangan vaqt oʻtmaguncha hikoya qilishda davom etadi. Hikoyalar qanchalik uzun boʻlsa, oʻyin ham shunchalik ijodiy boʻlishi kerak!

Bolalarni hikoyalarni iloji boricha ijodkorona aytishga undang. Ular qanday qahramonlarni qoʻshishlari mumkin? Voqealar qandaydir sirli joyda yuz beradimi? Kutilmagan burilishlar boʻlarmikan? Bunday quvnoq va ijodiy oʻyin sizni albatta kuldiradi!

Oʻyinga kutilmagan burilish qoʻshing – har bir ishtirokchi hikoyaning oʻziga tegishli qismini aytganidan soʻng, keyingi ishtirokchi kim boʻlishini tanlasin. Bolalar oʻzlariga yetarlicha vaqt ajratilayotganiga ishonch hosil qilishi kerak!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu oʻyin bolalarning tasavvurini rivojlantirish, shuningdek, tinglash va ijtimoiy koʻnikmalarini, oʻziga ishonchni rivojlantirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, hech qanday qoʻshimcha jihoz talab etilmaydi, siz bu oʻyinni istalgan vaqtda va istalgan joyda oʻynashingiz mumkin!