Kichkintoy bilan mutolaa

Kerak boʻladigan materiallar: bolalar kitobi (yorqin rangli rasmlari va taktil elementlari bor boʻlgan, matodan yasalgan yoki qattiq muqovali). Agar sizda bunday kitob boʻlmasa, oddiy qogʻozni ikki buklab, ustiga yorqin rangli bir nechta rasm yopishtirib yoki chizib ishlatsangiz boʻladi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: kitobni birgalikda koʻrib chiqishingiz uchun bolani tizzangizga shunday oʻtqazingki, uning yuzini ham koʻra oling. Kitobni ikkalangiz ham koʻrib, oʻqiy olishingizga qulay qilib ushlang. Siz kitobdagi rasmlarni qoʻlingiz bilan koʻrsatib tasvirlashingiz yoki bu haqda hikoya aytib berishingiz mumkin. Qisqa va sodda jumlalardan foydalaning. Ovozingiz ohangini oʻzgartirib, vaqti-vaqti bilan toʻxtalib, ajablangan holda soʻzlang.

Farzandingiz sizning yuz ifodangizni koʻra olsin, siz esa uni kuzating hamda sizningcha unga yoqqan va yoqmagan narsalarni nomlab turing. Unga kitobga teginishga, ogʻziga olib borishga (agar xavfsiz boʻlsa) va boshqa usullar bilan oʻrganishga ruxsat bering. Agar farzandingiz mutolaa paytida ovoz chiqarsa, unga ham “oʻqish” imkonini bering. Unga quloq soling, tovushlarini takrorlab javob bering, maqtab turing. Farzandingizning kitobga qiziqmay qoʻyganini sezsangiz (boshqa tomonlarga qaraydi, qarshilik koʻrsatadi, xarxasha qila boshlaydi), sabr bilan uning diqqati yana kitobga qaytishini kuting. Agar kitob farzandingizni ortiq qiziqtirmasa, bu mashgʻulotni keyinroq bajaring.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: kitoblarni birgalikda oʻqish va koʻrib chiqish farzandingizning muloqot qobiliyati va nutqini rivojlantirish uchun muhimdir.