Kichkintoylar uchun chapak chalish mashgʻuloti

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni quyidagi ketma-ketlikda bajarish kerak:

1. Farzandingizga chapak chalayotganingizni koʻrsating, zavqli boʻlishi uchun unga kulgi yoki oddiy sheʼrlardan qoʻshing.

2. Kichkintoyning qoʻllarini ushlab, harakatlarni yumshoq va mayin tarzda takrorlagan holda, unga chapak chalishni oʻrgating. Qoʻllarni haddan tashqari tez harakatlantirish kichkintoyni qoʻrqitib yuborishi mumkin. Ularga sekinlik bilan oʻrgating yoki sizga taqlid qilishiga imkon bering.

3. Kichkintoy bu harakatni oʻzlashtira boshlaganidan keyin, chapak chalish tartibini kiriting (3 ta sekin chapak, 3 ta tez chapak, 3 ta sekin chapak). Turli musiqalardagi har xil qofiya, temp va soʻz boʻgʻinlariga mos chapak chalib koʻring.

4. Chapak chalishni boshqa mashgʻulotlar bilan uygʻunlashtiring. Oʻyinchoq oʻynayotganda yoki bolalar qoʻshiqlarini kuylayotganda chapak chalishni boshlang. Bir xil vaqt oraligʻida tez-tez chapak chalishdan boshlang, kichkintoyingiz bu takrorlashlarni qanchalik ilgʻayotgani va harakatlaringizga taqlid qilishga urinayotganini kuzating.

6 oylik va undan katta bolalar chapak chalishni yaxshi koʻradi.

Qoʻllaringizni yuzingizga yaqin tuting va kichkintoyingizga chapak chalgan holda gapiring – bu kichik yoshdagi bolalarga diqqatini bir nuqtaga qaratishga va qoʻllaringiz yengil chapak chalayotganini koʻrishga yordam beradi. Chapakning muvaffaqiyatga erishish hissi bilan bogʻliqligi bu kichkintoylar tezda ilgʻab olishlari mumkin boʻlgan ijtimoiy signaldir.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: birga qarsak chalgan holda kichkintoylarni chapak chalishga undash ularga taqlid qilishni oʻrganishga yordam beradi, tovush va ritm namunalarini talqin qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi.