Kichkintoyning tishlari bilan bogʻliq muammolar
Kichkintoylarda tish chiqishi
Koʻp tishi chiqayotgan bolalar:
- koʻp yigʻlaydi yoki juda injiq boʻladi;
- odatdagidek yaxshi ovqatlanmaydi;
- ogʻziga har narsani, masalan oʻyinchoqlar, oshxoʻrakni soladi;
- tagliklarini tez-tez “iflos” qilishadi;
- tish chiqayotgan tomondagi qulogʻini tortadi deb oʻylaydi.
Bu belgilar tish chiqishi natijasida paydo boʻlishi mumkin,lekin ular rivojlanishning bir qismi yoki kasallik belgilari boʻlishi ham mumkin.
Tish chiqishi: nima qilish mumkin?
Bolangizning tishi chiqishidan xavotirda boʻlsangiz:
- bolangizga tishlash mumkin boʻlgan narsalarni, masalan maxsus rezina chaynagichlar bering;
- chaynash kerak boʻlmagan yumshoq ovqat bering;
- shirin boʻlmagan va soʻrish mumkin boʻlgan quritilgan non berib koʻring.
Milk uchun malhamlar odatda tavsiya etilmaydi, chunki ular ogʻriqni yengillashtirmaydi. Hatto nojoʻya taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Bolangiz oʻzini yomon his etsa va ayniqsa undagi isitma, ich ketish yoki boshqa belgilar sizni xavotirga solsa, shifokorga murojaat qiling. Muammo tish chiqishida boʻlmasligi ham mumkin.
Soʻrgʻich, bosh barmoqni soʻrish va tishlarini gʻijirlatish
Koʻp kichkintoylar bu yoshda soʻrgʻichlarni yaxshi koʻrishadi. Ammo bu bosqichda asta-sekin soʻrgʻich soʻrishni toʻxtatgan yaxshi.
Bosh barmogʻini yoki boshqa barmoqlarini soʻrish – chaqaloqlar va yosh bolalarda tabiiy holat. Koʻpchilik bolalarda bosh va boshqa barmoqlarni soʻrish odati 2–4 yoshda oʻtib ketadi.
Kichkintoylar tishlarini tez-tez gʻijirlatishi odatiy hol va bu muammo odatda davolanishni talab qilmaydi. Baʼzi bolalar jagʻlarini mahkam qisadilar, boshqalari tishlarini shunchalik qattiq gʻijirlatadilarki, shovqin chiqaradilar. Baʼzi bolalar uxlash paytida tishlarini gʻijirlatadilar. Koʻpincha, ular bu paytda uygʻonmaydilar, lekin ota-onalari uygʻonib ketadi!
Aksariyat hollarda tishlarni gʻijirlatish uzoq davom etmaydi va bolangizning tishlarini shikastlamaydi. Ammo gʻijirlatish uzoq davom etsa, bolangizda bosh, tish yoki jagʻ ogʻrishi yoki tishlarining yemirilishi kuzatiladi. Agar bunday holat davom etsa yoki sizni xavotirga solsa, tish shifokoriga maslahat olish uchun murojaat qiling.