Kimning oʻyini
Kerak boʻladigan materiallar: patnis, yigirmata mayda buyum.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: yigirmatacha mayda buyum topib, ularni patnisga qoʻying. Bu istalgan narsa boʻlishi mumkin, masalan, sanchqi, kalit, qalam, tosh, tanga va h.k. Ularni patnis boʻylab teng taqsimlab, oʻyinning boshqa ishtirokchisiga koʻrsating.
Ikkinchi ishtirokchi ikki daqiqa davomida patnisdagi narsalarni ushlashi va koʻrishi, eslab qolishga harakat qilishi kerak.
Patnisni olib chiqqan ishtirokchi uni qayta olib kirib ketadi, bitta buyumni olib qoʻyadi va oʻyinni murakkablashtirish uchun qolganlarining oʻrnini almashtiradi. Keyin patnisni boshqa ishtirokchiga yana koʻrsatadi, ikkinchi oʻyinchi esa aynan qanday buyum yoʻqligini aytib berishi kerak.
Keyingi galda ikkita ishtirokchi oʻrin almashadi.
Guruh boʻlib oʻynash uchun bu oʻyinning muqobil turi – patnisning ustidagi narsalarni eslab qolish uchun 2 daqiqa vaqt berib, keyin uning ustini biror mato bilan yopish. Har bir ishtirokchi patnisdagi narsalarning roʻyxatini tuzishi kerak. Kimning xotirasi zoʻr ekanini bir sinab koʻring-chi!
Bu oʻyin Redyard Kipling romanining bosh qahramoni nomiga atalgan. Syujet boʻyicha Kim josuslikni oʻrganish vaqtida ana shu oʻyinni oʻynagan.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu klassik bolalar faoliyati bolalaringizning kuzatish qobiliyatini sinovdan oʻtkazadi, chunki ular bir guruh elementlarni eslab qoladi, chiqarib tashlangan elementni aniqlashga harakat qiladi. Bolalar bu oʻyin haqiqiy harbiy mashgʻulotlarda qoʻllanishini bilishsa, hayratda qolishi tabiiy!