Kitob varaqlaymiz
Kerak boʻladigan materiallar: bir yoki bir nechta rasmli kitoblar (agar sizda bunday kitob boʻlmasa, jurnaldagi rasmlarni qirqing va bir joyga jamlang yoki oddiy rasmlar chizing)
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: rasmli kitoblarni farzandingiz bilan birga koʻrishingiz uning uchun shu yoshdagi maroqli mashgʻulotga aylanadi. Kitobdagi rasmlar haqida gapirganingizda yoki oʻqiganingizda bolangizni sahifalarni ochishga undang. Buni qiziqarli mashgʻulotga aylantiring. Masalan: “Qani, mushuk hozir qayerga borishini koʻraylik-chi. Keyingi sahifani ocha olasanmi?” deb soʻrang. Bolaga kitob varaqlashni koʻrsating, kerak boʻlganda qoʻlidan ushlab yoʻnaltiring. “Sahifani ochganing uchun rahmat. Mana, mushuk daraxtda oʻtirganini koʻrdim”, deyishingiz mumkin. Farzandingiz qiziqib, sahifalarni varaqlashni uddalagach, hikoyalar oʻqib berishni kundalik mashgʻulotlar safiga qoʻshing. Shundan soʻng farzandingiz kitob yoki jurnal sahifalarini mustaqil ravishda varaqlayotganini koʻrishingiz mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: sahifa varaqlash mayda qoʻl motorikasining yangi koʻnikmasidir va bu orqali bolangiz qoʻllarini yanada mohirona ishlata oladi. Farzandingiz koʻrib turgan rasmi va sahifani ochganda chiqadigan yangi rasm oʻrtasida bogʻliqlik oʻrnatadi, natijada uning fikrlash qobiliyati ham mustahkamlanadi.