Kitobdagi ertakni sahnalashtiring

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolalardan sahna koʻrinishi tayyorlash uchun oʻzlarining kitoblarini oʻylab topishni yoki shlyapa ichidan ularga tanish boʻlgan kitoblar nomi yozilgan qogʻozchalarni tanlashni istash-istamasliklarini soʻrang.

Mana bir necha ommabop variantlar:

  • Juda och ipak qurti (barcha ovqatlarni isteʼmol qiling, oʻzingizni pillaga oʻrang va kapalakka aylaning).
  • Dahshatli oʻrmon hayvoni (Gruffalo) (yelkangizdagi tikanlarni va burun uchidagi zaharli boʻrtiqni his qiling).
  • Yovvoyi maxluqlar (uyingizga issiqqina kechki ovqatga borishdan oldin shovqin-suron soling, gurs-gurs qadam tashlang va “barcha yovvoyi maxluqlarning shohi” boʻling).
  • Alisa moʻjizalar mamlakatida (faraz qiling, quyon tuynugiga tushib ketdingiz, “Meni ich” shishasidan hoʻplab oling va eshikka kirish uchun kichraying).
  • Piter Pen (Neverlandga uchib, kapitan Huk bilan qilich urushtiring).

Qolgan oʻyinchilar kitobning nomini taxmin qilishlari kerak va birinchi toʻgʻri taxmin qilgan bola navbatni oladi.

Kichik oʻyinchilar uchun birgalikda toʻrt yoki beshta kitob tanlang va ulardan qaysi birini sahnalashtirishni taxmin qilishlarini soʻrang. Shuningdek, ular oʻzlarining kitoblarini kattalar yordamida sahnalashtirishlari mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: oʻziga yoqqan kitoblardagi ertaklarni sahnalashtirish bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini kuchaytirish va tasavvur kuchini kengaytirishga xizmat qiladi. Boshqa oʻyinchilar kitob nomini topish uchun diqqat bilan kuzatishlari kerak – bu tinglash va diqqatni jamlash qobiliyatlarini mashq qildirish uchun juda foydali.