Koʻchaga chiqishga tayyorlanamiz
Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Koʻchaga chiqish (oʻyin oʻynash, bozorlik qilish va hokazolar) uchun baʼzan oʻyin tariqasida tayyorgarlik koʻrishishingiz mumkin. Farzandingizga undan nima kutayotganingizni oddiygina qilib tushuntiring: “Kel, koʻchaga chiqishga tayyorlanamiz. Qalpogʻing va toʻping qani?” yoki “Nimchangni kiygandan keyin eshikni ochib yubora olasanmi?” deb ayting. Farzandingizga ikki-uchta turli xil vazifa yoki koʻrsatmalar bering. Bu vazifalarni bajarish u uchun qiziq. Bola xursandchilik qilishdan oldin baʼzi ishlarni bajarish zarurligini tushunib oladi. Topshirgan vazifalaringizni bajarganda har safar farzandingizga minnatdorchilik bildiring.
Kundalik yumushlar paytida ham farzandingizga koʻrsatma bergan holda yordamlashishingiz mumkin. Masalan, uyquga tayyorgarlik koʻrayotganida: “Tish choʻtkangni ol, keyin suvni och” deb aytishingiz mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu oʻyin farzandingizning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, chunki u bir vaqtning oʻzida bir nechta iltimosingizni eslab qolishi zarur boʻladi. Bundan tashqari, u soʻzlar va gaplarni yaxshiroq tushunishni oʻrganadi, bu esa nutq va savodxonlik rivojlanishiga sabab boʻladi.