Koʻkrakdan chiqarish: koʻkrak suti bilan boqishni toʻxtatish

Emizishni toʻxtatish jarayonini asta-sekinlik bilan olib-borish tavsiya etiladi. Shunda bolangiz kun tartibidagi va ovqatlanishdagi oʻzgarishlarga koʻnikib boradi va koʻkrak bezida sut ishlab chiqarishi toʻxtaydi. Bolaning yoshiga qarab uni suyuqliklarni piyoladan ichishga oʻrgatishingiz mumkin. Farzandingizning yoshi koʻkrak sutini sunʼiy sut aralashmasiga yoki mol sutiga almashtirishingizni aniqlashda yordam beradi. Emizishni kamaytirishni boshlaganingizda emizishning sizni homilador boʻlishdan himoya qilishi ham susayadi, shuning uchun kontrasepsiya usullari toʻgʻrisida bosh qotirish kerak boʻladi.
Body

Koʻkrakdan ajratish nima?

Koʻkrakdan ajratish koʻkrak suti bilan boqishni toʻxtatishni anglatadi.
Koʻkrakdan ajratish bu – emizishning tugatilishi boʻlib, bunda bolangizni ovqatlantirishda endi ona suti berilmaydi. Sutdan ajratish bola kun davomida vaqti-vaqti bilan ona sutidan boshqa turdagi ovqatlarni yeganda va unga koʻkrak sutini berishni toʻxtatganingizda boshlanadi.
Bolangiz 12 oylik boʻlganda emizishni toʻxtatishga qaror qilishingiz mumkin. Masalan, ishga qaytishga tayyorgarlik koʻrayotganingizda sutdan ajratish haqida oʻylashingiz mumkin.
Juda kam holatlarda esa siz tayyor boʻlgunga qadar bolangiz oʻzi koʻkrakdan ajralishni boshlashi mumkin.
Farzandingiz olti oylik boʻlib,  qoʻshimcha ovqat yeyishni boshlaguncha faqat koʻkrak suti bilan boqish tavsiya etiladi. Bola uchun eng yaxshisi – qoʻshimcha ovqat bilan birga kamida 12 oygacha emishni davom ettirish.

Koʻkrakdan ajratish jarayoni

Emizishni toʻxtatish jarayonini asta-sekinlik bilan olib borish tavsiya etiladi. Shunda bolangiz kun tartibidagi va ovqatlanishdagi oʻzgarishlarga koʻnikib boradi.
Agar koʻkrakdan ajratish bolangizning emas, faqat sizning qaroringiz boʻlsa, sizga qoʻshimcha qulayliklar kerak boʻladi. Masalan, piyola yoki kichkina kosachadan ichishga va ovqatlanishga oʻtish zarur.
Farzandingiz bilan koʻproq muloqotda boʻlish, birga vaqt oʻtkazish bola koʻkraksiz ham oʻzining himoyalanganini va mehr-muhabbat koʻrayotganini his etishiga yordam beradi.

Chaqaloq bilan bogʻliq jarayonlar

Siz bolani piyoladan ichishga oʻrgatishingiz mumkin. Bu qaror bolangizning yoshiga bogʻliq – agar farzandingiz 7–8 oylik boʻlsa, u toʻgʻridan toʻgʻri piyoladan ichishni oʻrganishi mumkin.
Bolaning yoshi ham koʻkrak suti bilan boqishni bolalarning sunʼiy sut aralashmasi yoki sigir suti bilan almashtirishni belgilaydi – 12 oydan kichik bolalarga sigir suti berilmasligi kerak, shuning uchun ularni sunʼiy sut aralashmasiga oʻrgatish kerak.
Siz koʻkrakdan ajratish jarayonini boshlaganingizda bolangizga bu jarayon yoqmasa ham, birinchi qadamni tashlang: koʻkrak suti oʻrninini bosishi uchun sogʻilgan koʻkrak suti, bolalarning sutli qorishmalari yoki mol sutini piyolada bering. Koʻkrak suti bilan emizishni bir martaga kamaytiring va keyingi kamaytirishdan oldin bir necha kun yoki bir hafta kuting.

Ona bilan bogʻliq jarayonlar

Agar emizishni tezda toʻxtatib qoʻysangiz, koʻkragingiz sutga toʻlib ketishi mumkin. Natijada u dagʻallashadi hamda ogʻriqlar paydo boʻladi.
Koʻkrak bezi dagʻallashishining oldini olish uchun sutni sogʻib tashlash kerak. Oʻzingizni yaxshi his qilish uchun kerakli miqdorda sogʻing – agar koʻp miqdorda sogʻib tashlasangiz, sut paydo boʻlishini kuchaytirib yuborishingiz mumkin.

Emizishni butunlay toʻxtatishdan oldin baʼzi onalar koʻkrak dagʻallashishining oldini olish uchun kunda bir marta emizish oʻrniga bir necha kun bir martadan emizishga oʻtishadi.

Koʻkrak bezining gʻadir-budirligidan ehtiyot boʻling. Kichkintoyingiz emizishni toʻxtatgandan soʻng, 5–10 kun davomida koʻkragingiz boʻrtib chiqishi mumkin. Boʻrtib chiqqan joylar sut chiqish yoʻllarining toʻsilib qolishini va mastitning (koʻkrak bezining yalligʻlanishi) boshlanishini koʻrsatishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, boʻrtiqli joylarni massaj qilishga yoki sutni oz miqdorda sogʻib chiqarishga harakat qiling. Bu shishishni kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Agar biron-bir shish doimiy yoki ogʻriqli boʻlsa yoki siz grippga oʻxshash alomatlarni his qila boshlasangiz, iloji boricha tezroq shifokoringizga murojaat qiling. Agar farzandingiz 12 oydan katta boʻlsa va yaxshi rivojlanayotgan boʻlsa, tungi emizishni toʻxtatib, kunduzgi emizishni davom ettirishingiz mumkin. Boshqa tomondan, agar bolangizni kechasi ovqatlantirishdan mamnun boʻlsangiz, tungi emizishni toʻxtatishga shoshilmang. Siz va chaqalogʻingiz uchun eng mos keladigan paytni tanlashingiz mumkin.

Koʻkrak suti bilan ovqatlantirishini toʻxtatish, homiladorlik va kontrasepsiya

Emizish homilador boʻlishning oldini oladi, ayniqsa, agar:
bolangizni faqat koʻkrak suti boqsangiz;
hayzlaringiz qaytadan boshlanmasa;
chaqalogʻingiz olti oydan kichik boʻlsa va ovqatlanishlar oraligʻida uzoq vaqt uxlamasa.
Agar bolangizni sutdan ajratishni boshlasangiz, emizishning homilador boʻlishdan himoyasi kamayadi, shuning uchun kontrasepsiya vositalarining boshqa turlarini koʻrib chiqish kerak boʻladi.
Agar ogʻiz orqali kontrasepsiya (tabletkalar), masalan, kombinatsiyalangan tabletka yoki minitabletka haqida oʻylayotgan boʻlsangiz, bir nechta fikrlarni yodda tutish kerak:
Kichkintoyingiz koʻkrak suti bilan ovqatlanishi davrida estrogen va progesteronni bir vaqtda qabul qilishni boshlash xavfsiz. Kombinatsiyalangan tabletkalar ona suti miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Agar emizishdan tashqari yagona kontrasepsiya vositangiz minipiling boʻlsa, katta ehtiyotkorlik zarur. Masalan, siz uni har kuni bir vaqtning oʻzida uch soat ichida olishingiz kerak.
Tabletka retsept boʻyicha beriladi, shu sababli uni olish uchun shifokorga murojat qilishingiz kerak boʻladi. Shifokor homilador boʻlishdan himoyalanish uchun uni qanday toʻgʻri ishlatish kerakligini tushuntirib beradi.

Emizishni toʻxtatish borasida nimalarga eʼtibor berish kerak?

Kattaroq boʻlib qolgan yoki kichik yoshdagi bolangizni sutdan ajratish jarayonini farzandingizning kun tartibiga asta-sekin oʻzgartirish kiritib amalga oshirishingiz mumkin.
Hatto koʻkrakdan ajratishni orziqib kutgan boʻlsangiz ham, oxirgi emizishdan keyin kayfiyatingiz tushib ketganini his qilishingiz odatiy holdir.
Gormonlaringiz normal holatga qaytishi uchun biroz vaqt kerak boʻladi. Baʼzi ayollarda tungi ovqatlantirishni kamaytirishi yoki emizishni toʻxtatishi bilan ovulyatsiya boshlanadi, boshqalarida ovulyatsiya va hayz koʻrishning qaytishi bir necha oyga choʻziladi.