Koʻlmaklarni sachratamiz

Kerak boʻladigan materiallar: rezina etiklar va suv oʻtkazmaydigan kiyimlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: koʻp bolalar koʻlmaklarni shapillatmasdan oʻtib ketisholmaydi. Koʻlmakka sakrash, suvlarni sachratish va ust-boshni kir qilishdan zavqlanish! Bularni yaxshi koʻrmay boʻladimi?

Koʻlmaklarga sakrash maktabgacha ta'lim tashkilotidan uyga qaytayotgan paytdagiday qisqa muddatli boʻlmasligi kerak. Buning uchun maxsus kiyimlar kiyib olish va sayrni uzoqroq davom ettirish zarur? Shunda mashgʻulot bir olam quvonch olib keladi.

Suv oʻtkazmaydigan rezina etik kiying va nechta koʻlmak topishingizni koʻring. Eng kattasi qaysi? Bolalar koʻlmakka sakray oladimi yoki undan hatlab oʻta oladimi?

Bolalardan har bir koʻlmakdagi akslarga qarashni soʻrang. Ular nimani koʻryapti? Suvga barg, toshlar yoki tayoqlar otganda nima yuz beryapti?

Koʻlmakni shapillatishdan qoʻrqmang – bolalarga qoʻshilsangiz, bu ularga yanada zavqli tuyuladi!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot bolalar uchun atrof olam va his-tuygʻularini oʻrganish, shuningdek, ochiq havoda dam olishning ajoyib usuli hisoblanadi!