Koptokni kuzat
Kerak boʻladigan materiallar: koptok, adyol.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ushbu ajoyib mashgʻulotni amalga oshirish uchun joy tayyorlab oling. Chalgʻituvchi buyumlar kam boʻlgan xonani tanlang, adyolni yerga yoki katta karavotga toʻshang. Keyin kichkintoyingizni qorni bilan adyolga yotqizing. Farzandingiz atrofida toʻsiq hosil qilish uchun siz oldinga qarab, oyoqlaringizni farzandingizning ikkala yoniga uzatib oʻtirishingiz kerak.
Endi kichkintoyingizning eʼtiborini jalb qilish uchun u bilan gaplashing, soʻng koptokni olib unga koʻrsating va yerga qoʻying. Kichkintoyingiz koptokni koʻzlari bilan kuzatib turishi uchun koptokni bir tomondan ikkinchi tomonga sekin dumalating. Taxminan besh daqiqa yoki kichkintoyingiz charchagunicha davom eting. Agar kichkintoyingiz hali boshini koʻtara olmasa, unga koptokni faqat pastdan yuqoriga qarab harakatlantirish orqali koʻrsatishingiz mumkin, u asta-sekin boshini koʻtarish va koptokni koʻzlari bilan kuzatish uchun yetarli kuchga ega boʻladi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashqlar kichkintoyingizning mushaklarini mustahkamlaydi, harakatlanayotgan buyumlarni kuzatish esa koʻrish qobiliyatini kuchaytiradi va kelajakda oʻqish va yozish uchun koʻrish va ilgʻash malakasini meʼyorlashtiradi.