Koptokni qayerga tepamiz?
Kerak boʻladigan materiallar: bitta yoki bir nechta koptok (agar sizda koptoklar boʻlmasa, gʻijimlangan qogʻoz yoki oʻralgan paypoqdan foydalanishingiz mumkin), koptokdan kattaroq qogʻoz quti va farzandingiz moʻljalga olishi mumkin boʻlgan boshqa nishonlar (masalan, yerga qoʻyilgan tayoq).
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingizni oʻyin oʻynashga taklif qiling: “Koptok tepishni bilasanmi? Yaxshi! Endi biroz murakkabrogʻini bajarishga urinib koʻramiz. Sen shu yerga turib, koptokni qogʻoz qutiga (qutining ogʻzi bolaga qaratib qoʻyiladi) tepib kirgiza olasanmi? Qoʻllaringdan emas, faqat oyoqlaringdan foydalan. Yana bir bor urinib koʻr, bu oson emas! Balki, yaqinroq turarsan”. Takliflaringiz farzandingizning qiziqishlari va malakalaridan kelib chiqqan holda boʻlishi kerak. Siz vazifalarni biroz murakkablashtirishingiz mumkin: “Kel, endi boshqacharoq oʻynab koʻramiz. Sen bu yerga turib, koptokni yerdagi mana bu tayoq yoniga dumalab keladigan qilib tepa olasanmi? Oʻ-hoʻoʻ, ajoyib zarba!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: endilikda bolangiz jismoniy malakalarini yanada mukammalroq rivojlantirmoqda. Bu va shunga oʻxshash mashqlar unga oʻz harakatlarini boshqarishga yordam beradi. Shuningdek, farzandingiz bu jarayonda koptok qogʻoz quti ichiga kirishi uchun uni qanchalik kuchli zarb bilan yoki qaysi burchakdan tepishi kerakligi haqida oʻylaydi, bu esa fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.