Koʻzdan yoʻqoldi!

Kerak boʻladigan materiallar: rangli yumshoq oʻyinchoqlar, quti, adyol, sochiq yoki mato.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ushbu qiziqarli oʻyin orqali chaqalogʻingizga yangi dunyoni kashf etishga yordam bering.

Boshlashdan oldin joy va foydalanadigan narsalaringizni tayyorlang. Koʻp rangli yumshoq oʻyinchoqlarni toping va ularni bolangizdan yashirish uchun qutiga joylashtiring.

Farzandingizni stulga  yoki  oldingizga oʻtqizing. Endi oʻyin-kulgi boshlanadi! Qutidan oʻyinchoqni olib, chaqaloqqa koʻrsating. Eʼtiborini jalb qilish uchun uni yuzingizga yaqin tuting va gapiring. Oʻyinchoqni mato bilan yoping. Keyin “U gʻoyib boʻldi!” deng.

Bir necha soniya kuting, oʻyinchoqni oching va quvnoq ohangda eʼlon qiling: “Mana u!” Oʻyinni qolgan oʻyinchoqlar bilan takrorlang.

Agar yaqin atrofda oʻyinchoqlaringiz boʻlmasa, yuzingizni qoʻllaringiz bilan yopishingiz mumkin. Chaqaloqqa qoʻshiq kuylash orqali uning eʼtiborini tortsangiz boʻladi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu qiziqarli oʻyin chaqalogʻingizga vaziyatlarni oldindan bilish va aqliy-kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishga, shuningdek, obyektlarning doimiyligi va barqarorligi haqida tushunchaga ega boʻlishga yordam beradi. Ushbu oʻyin orqali  chaqalogʻingiz atrofidagi narsalarni tadqiq qilishni oʻrganadi.