Ko’zgu bilan suhbatlashish

Kerak bo’ladigan materiallar: Ko’zgu (oyna)

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Kichkintoyingizga ko’zguga qarashni taklif qiling.  Ikkalangiz birgalikda ko’zgu oldiga turing. Ko’zguga qarab salomlashib, bolaga  tovushlarni takrorlashdan boshlang.

Turli tovushlar-kulgi, hayvon va har xil predmetlar ovozini chiqaring. Uning javobini kuting. Avvaliga u hayron bo’ladi, lekin takrorlashlardan so’ng sizning kichkintoyingiz ham tovushlarni chiqara  boshlaydi.

Kichkintoyingiz chiqaradigan tovushlarni takrorlang.

Farzandingiz nimani o'rganadi: Ushbu oddiy mashg'ulot sizning kichkintoyingizga tili orqali o’zini anglashga va buni o'z tilida namoyon etishga va keyinchalik uni boshqalarda kuzatib, o’rganishga imkon beradi