Koʻzguda oʻzimni koʻryapman
Kerak boʻladigan materiallar: koʻzgu.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ushbu mashgʻulot davomida kichkintoyingiz oʻzining tashqi qiyofasini, yaʼni koʻzgudagi aksini tanishni oʻrganadi.
Ushbu mashgʻulotni bajarish uchun kichkintoyingiz bilan koʻzgu roʻparasiga oʻtiring va u koʻrayotgan narsalar haqida gapiring: “Manavi kichkintoy sensan”, “Sening yoningdagi esa oying”, “Voy, mana yoqimli kichkintoyni qara!”, “Bu sening burunchang”, “Bu ogʻzing”.
Kichkintoyingizga koʻrayotgan hamma narsasi haqida gapiring, bu orqali u nimalar sodir boʻlayotganini tushunishiga yordam bering.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bularning barchasi farzandingiz kuzatish orqali oʻz tana harakatlarini tushunishi va rivojlantirishiga, koʻzguda oʻzini va sizni tanishni oʻrganishiga yordam beradi.