Kublar bilan oʻynamiz
Kerak boʻladigan materiallar: yogʻoch yoki plastmassa kubiklar yoki kichik oʻyinchoqlar, konteynerli katta idish.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ushbu mashgʻulotni bajarish uchun farzandingizni gilam yoki polga qoʻying, uchta kubik va konteynerli idishni uning oldiga qoʻyishingiz kerak.
Siz nima qilayotganingizni bolajoningiz koʻrib turishi kerak. Unga kubni olib, konteynerga qoʻyishni koʻrsating, buni qanday amalga oshirishni tushuntiring.
Nihoyat, kubiklarni yigʻishtirib oling va bolangizga konteynerning ich qismini barmogʻingiz bilan koʻrsatib, xuddi shunday qilishni ayting. Bolajoningiz buni qanday amalga oshirishni toʻliq tushunib olmaguncha, koʻrsatishda davom etavering. Uning har bir urininshini maqtovlar bilan taqdirlang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: kubiklar bilan oʻynash orqali qoʻl mushaklari faollashadi, shu bilan birga qoʻl va barmoqlar harakatlarining aniqligi va oʻzaro mosligi mashq qilinadi. Bu emaklashni boshlash va kezi kelganda toʻgʻri yozuv mahoratiga erishish uchun zarur boʻlgan koʻnikmadir.