Kundalik faoliyat orqali qoʻl funksiyalari va motorika rivojlanishini kuchaytirish
Kun tartibi
6-oydan boshlab kichkintoy oyoqlarini ushlay boshlaganda, u paypoqlarini yechishdan zavqlanadi. Ikki yoshga borib esa bu faoliyat buyruqlarni tushunish va bajarishning bir qismiga aylanadi: “Oyoq kiyimingizni yechib oling, paypoqlaringizni yechib oling, poyabzal va paypoqlarni kiying”. Oyoq kiyimlarni yechish bu – poyabzal kiyishdan oldingi harakat, lekin bola urinish, mashq qilish va oxir-oqibat harakatni muvaffaqiyatli yakunlash uchun tashabbus koʻrsatadi. Kiyimning ustki va pastqi qismlarini kiyish va yechishda ham xuddi shunday.
Agar biror muhitda yoʻnalish olish qobiliyatini rivojlantirmoqchi va harakat faolligini oshirmoqchi boʻlsak, biz bolaga xonaga kirib, shkafdan kiyim-kechaklarni olib kelishni taʼkidlab, olib kelingan kiyim-kechaklarni karavot va stullarga yoyib qoʻyamiz, shunda bolalar ularning ustiga bexavotir chiqib kiymlarini olishi mumkin. Ushbu turdagi faoliyat orqali bola qoʻllaridan foydalanishni kuchaytiradi, shu bilan birga, rivojlanishning bir nechta sohalarini ham ragʻbatlantiradi:
– ijtimoiy oʻzaro faoliyat;
– muloqot va nutqning rivojlanishi;
– motorikaning yaxshilanishi;
– qoʻl funksiyalarining yaxshilanishi.
Kun tartibining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi kattalar va bolalarning xavfsizligini taʼminlaydi. Biz oshxonada ovqatlanamiz, vannada choʻmilamiz, xonada kiyinamiz, yotoqxonada uxlaymiz. Hamma narsa oʻz joyida turadi, hamma narsa tartib bilan, shoshmasdan amalga oshiriladi.
Ovqatlantirish
Yegulik – bu nafaqat ovqatlanishga boʻlgan ehtiyoj, balki kuchli sensorli tajriba hamdir. Bizning madaniyatimizda odatda ovqat mehr xabarnomasi vazifasini oʻtaydi: “Men uchun taom tayyorlagan, meni ovqatlantirgan odam meni yaxshi koʻradi”. Goʻdak hidi, jumladan, uylarimizda pishirilgan taomlarning hidlari, biz oʻzimizni xotirjam his qilishni xohlaganimizda oʻzimiz uygʻotadigan xotiralardir. Hidlar xotiralarni bogʻlaydi. Taomlar hayotning turli davrlarida turlicha ranglarga ega, ularning konsistensiyasi, taʼmi, hidi har xil. Dastlab yegulikdan oʻyin uchun foydalanishadi, uni aralashtirishadi, qoʻzgʻashadi, idishlarga joylashtirishadi, oxirida esa ogʻizga solishadi. Oilaviy ovqatlanish – bolalar boshqalar nima qilayotganini kuzatadigan va ularga taqlid qiladigan, hamma oʻz idishidan ovqatlanishni xohlaydigan joydir. Ovqatni barmoqlar, qoshiq, vilka bilan yeyish yoki pichoqda maydalash mumkin. U har doim uydagi tashkiliy jihatdan joylashgan bir yerda, televizor, telefon yoki boshqa chalgʻituvchi narsalar boʻlmagan joyda isteʼmol qilinadi, chunki ovqat barcha his qiluvchi aʼzolarni ishga solgan holda qabul qilinishi kerak.
Uy yumushlari
Bolalarga uy yumushlarida ishtirok etish yoqadi. Bunday mashgʻulotlar yordamida muloqot doirasi kengayadi, faol eʼtibor vaqti uzayadi, qoʻl funksiyalari yaxshilanadi.
– Changlarni artish
– Kir mashinadan kirlarni chiqarish
– Qurigan kirlarni olish
– Idish-tovoqlarni qozon sochiq bilan yuvish
– Idish-tovoq yuvadigan mashinaga idishlarni joylashtirish va chiqarish
– Uyni changyutkich bilan tozalash
– Hovlini supurgida supurish
– Birgalikda taom tayyorlash
– Aralashtirish, qoʻzgʻash, shakar, bugʻdoy yormasi va unni qoshiq bilan oʻlchash, apelsinni siqish, quymalar tayyorlash.
Bolaning barcha rivojlanish sohalarini kuchaytirish uchun bizga sabr, tasavvur, bolalar oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qatnashadigan kun tartibi (buning uchun ularni maqtash, mukofotlash, kattalar nazorati ostidagi keyingi izlanishlarga ragʻbatlantirish va, albatta, nazorat qilib turish kerak).