Lavali pol

Kerak boʻladigan materiallar: xavfsiz tarzda bosish mumkin boʻlgan istalgan buyum, masalan, yostiqlar, gilamchalar yoki zinalar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu oʻyinda bolalar polda lava bor deb tasavvur qilgan holda harakatlanadi. Oʻyinning maqsadi – yiqilib tushmaslik! Ishtirokchi polni (lavani) bosadigan boʻlsa, uni boshqa ishtirokchi qutqarib olguncha kutib turadi.

Bolalarga lavali poldan xavfsiz boʻlgan hududlarni belgilashni tayinlang. Agar uyning ichida oʻynayotgan boʻlsangiz, ular yostiq, toʻshak va adyollarni tanlashi mumkin. Ochiq havodagi oʻyinlarda esa yoʻlakcha, zinalar yoki birorta oʻyin jihozini tanlashi mumkin.

Farzandlaringizni oʻz taassurotlarini ishga solishga va oʻyin davomida koʻplab yangiliklar oʻylab topishga undang. Ular orolda turishibdimi? Lava qayerdan oqib kelyapti? Lava tez harakatlanyaptimi? Ular nimalarni koʻryapti? Balki, u yerda lava mahluqi bordir?

Oʻyinning boshlangʻich va oxirgi nuqtalarini belgilang. Ishtirokchilar “A” nuqtadan “B” nuqtagacha polga tegmasdan yeta oladimi?

Farzandingiz nimani oʻrganadi: koʻp bolalar bu oʻyinni intuitiv tarzda, oldindan tayyorlanmasdan ham oʻynayveradi! Oʻyin oʻzida sarguzasht, tasavvur va muammolarni hal qilishni ajoyib tarzda uygʻunlashtiradi.