Maktabda kunning qanday o’tganini aytib beramiz

Kerak bo'ladigan vositalar: Talab etilmaydi

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Bu yoshda sizning farzandingiz o'zi bilan sodir bo'lgan yoki esida qolgan voqealarni aytishni boshlaydi. Bu u tomosha qilgan video, bir necha marta o’qigan kitobi yoki kunduzi sodir bo’lgan biror bir voqea bo’lishi mumkin. Ko'pgina oilalarda buvi-bobolar yoki amma (xola)- amaki (toga)lar bolani har kuni ko’rishmaydi, lekin u bilan bajonidik telefon orqali gaplashadilar (agar unday bo'lmasa, bunday muloqotni boshlashni ayni payti). Farzandingiz biror narsani aytib berishni juda xohlasa, do’stingizga yoki oil a’zolaridan biriga telefon qiling va unga: “Asadbek bugun nimalar qilganini senga aytib bermoqchi, Asadbek, nimalar bo’lganini bir boshidan aytib berchi” deng (balki, bolangizga dastlab yordam kerak bo’lar, “Bugun avtobusda yurganingni aytib bermoqchimiding?”). Uning gapini bo’lmang, istaganicha gapirsin, sizning vazifangiz - ko’makchi savollar berib, yo’l-yo’riq ko’rsatib yordam berishdir.

Buning har xil usullari mavjud. Masalan, bolangiz bugungi kun haqida rasm chizishi va uni yaqinlari/do'stiga ko'rsatishi/yuborishi mumkin. Farzandingiz o’zi aytib berishi uchun ko’pgina voqea-hodisalarni hikoyalarga aylantirish mumkin. Unutmang, hamma bol har xil, ayrim bolalar uchun boshqa odamlar oldida voqealarni aytib berish noqulay bo’ladi, shuning uchun siz o’rnak sifatida o'zingizdan boshlashingiz mumkin. Yana bir yo’li, bolangiz biror narsani telefoningiz diktofonini yoqib gapirsin. Unga o’z hikoyasining audio yozuvini eshitish juda yoqadi.

Farzandingiz nimani o'rganadi: Muloqot ko’nikmlar, rejalashtirish va fikr yuritish - farzandingaiz bularning barini nimani va qanday ketma-ketlikda aytishni o’ylagan holda, mantiqiy fikrlab amalga oshiradi. Va, albatta, oila a’zolari va do’stlar bilan aloqada bo'lish farzandingizning ijtimoiy va hissiy farovonligini mustahkamlaydi. Muloqotlarni davom ettiring!