Meditatsiya qilishni oʻrganamiz
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻzingizga tanish boʻlgan joyda bolalaringiz bilan qulay holatda oʻtiring yoki yotib oling va koʻzlaringizni yuming. Bolalar meditatsiya paytida oʻzlari bilan olib yursa boʻladigan biror buyumni (masalan, yostiq, adyol yoki maxsus yumshoq oʻyinchoq) tasavvur qilishi mumkin.
Bolangizga oʻz nafasi va tanasining hislariga quloq solishni ayting. Ular oʻzlarini boʻsh qoʻyishga va tanasidagi zoʻriqishdan qutulishga yoʻnaltiring.
Bolalaringizdan ularni nima baxtli va xotirjam qilishi toʻgʻrisida oʻylashni soʻrang. Bu kuchukchalar toʻla bir xona, sevimli ovqatining hidi yoki sovgʻani ochishdan oldingi hayajon boʻlishi mumkin. Ularni hech narsaga chalgʻimasdan, bor fikr-u xayolini oʻsha baxtiyor onlarga qaratishga undang. Ularga bir daqiqa davomida diqqatini jamlashga yordam bering, keyin har kuni bir daqiqadan qoʻshib boring.
Meditatsiya ming yillardan beri amaliyotda qoʻllanib kelmoqda!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: meditatsiya bolalarni tashqi tashvish va zoʻriqishlardan xalos boʻlishga va oʻzini erkin his qilishga oʻrgatadigan tinchlantiruvchi mashgʻulotdir. Bu har qanday yoshda oʻrganish mumkin boʻlgan ajoyib hayotiy koʻnikma boʻlib, stress, tashvish bilan kurashishga va eʼtiborni kuchaytirishga yordam beradi.