Men bir hayvon haqida oʻylayman
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: birinchi ishtirokchi biror hayvon haqida oʻylashni boshlaydi. Keyin oʻylagan hayvonini taʼriflaydi, lekin nomini aytmaydi. Masalan, filni tanlagan boʻlsa, bola “U juda ham katta va kulrang, uning xartumi bor” yoki ilonni tanlagan boʻlsa, “Uzun va sirpanchiq” deb aytishi mumkin. Oʻyinni murakkablashtirmoqchi boʻlsangiz, boshlanishiga yordam uchun bitta soʻz ayting. Qolgan ishtirokchilar esa qanday hayvon taʼriflanayotganini topishi kerak, birinchi boʻlib topgan bolaga oʻylagan hayvoni haqida gapirish navbati beriladi.
Hayvonni taʼriflayotganda, uning oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida oʻylang, bu uning tashqi koʻrinishi bilan bogʻliq boʻlishi shart emas. Bu oʻsha hayvon yashayotgan muhit (masalan, oqayiq – “muz ustida yashaydi”) yoki uning xatti-harakati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin (masalan, koʻrshapalak – “tunda chiqadi”).
Farzandingiz nimani oʻrganadi: hayvonlar mavzusidagi topishga oid bu oʻyin bolalarning kognitiv rivojlanishini kuchaytiradi va soʻz boyligini oshirishga yordam beradi. Kichkintoylar oʻzlarining sevimli hayvonlarini tanlashni va doʻstlari nimani tanlaganini taxmin qilishni yaxshi koʻradi. Dam olish kunlari va sayohatlar uchun ajoyib mashgʻulot!