“Men bozorga bordim...”
Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni bir ishtirokchi shunday soʻzlar bilan boshlaydi: “Men bugun bozorga bordim va ... (biron buyumning nomini aytadi) sotib oldim. Keyingi ishtirokchi oʻzi xarid qilgan buyumni aytib, oʻzidan oldingi ishtirokchi aytgan buyum nomini ham eslab, takrorlashi kerak. Ishtirokchilar navbatma-navbat yangi buyumlarning nomidan roʻyxat tuzishlari zarur. Oʻyinni biror ishtirokchi adashgunga qadar davom ettirib, kimdir xato qilgach, qayta boshlashingiz mumkin!
Bu oʻyin “bozor” bilan cheklanib qolmasligi kerak! Uning oʻrniga boshqa variantlardan ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Masalan, plyaj yoki kimsasiz orol.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashq roʻyxatda tobora koʻpayib borayotgan buyumlarning nomini eslab qolishga qaratilgan. Bu esa bolalarning xotirasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ajoyib ijtimoiy oʻyin kichik yoki katta guruhlar uchun foydalidir. U bolalarning oʻziga ishonchini, jumladan, koʻpchilik ichida gapirgan paytdagi dadilligini oshirishi aniq!