Men buni bilaman!
Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yosh davrda farzandingiz gapirishni bilmasligi mumkin, ammo u kundan kunga koʻproq narsani tushuna boshlaydi. Farzandingiz harakatlaringiz va gaplaringizni qiziqib kuzatadi. Har qanday kundalik mashgʻulot paytida farzandingiz bilishi mumkin boʻlgan soʻzlardan: farzandingizning va oila aʼzolaringizning ismidan albatta foydalaning (farzandingizning buvisi yoki bobosining ismini aytib, bola u tarafga qaraydimi, yoʻqmi – kuzatishingiz mumkin) Sizningcha, farzandingiz qaysi buyumlarning nomini biladi? Siz yana “Oʻyinchogʻing qani?” yoki “Kel, endi poyabzalingni kiyib olamiz”, deb aytishingiz mumkin. Soʻzni aniq talaffuz qiling va farzandingiz buyumni koʻrganda yoki qoʻliga olganda soʻzni tushunyaptimi, yoʻqmi – kuzating. Farzandingiz biror xavfliroq ish qilmoqchi boʻlganida “Yoʻq” degan paytingiz u bu soʻzga reaksiya bildirganini sezganmisiz?
Bola ulgʻaygani sari uning anglash qobiliyati qay darajada rivojlanayotganini kuzatib boring.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu farzandingizning nutqi rivojlanishidagi muhim qadamlardan biridir. Anglash nutqdan oldin rivojlanadi va bu ikkala qobiliyat asosan siz farzandingiz bilan har kuni turli narsalar haqida gaplashayotganingizda, hatto u gapira boshlashidan oldin rivojlanadi.