Men kimman?

Kerak boʻladigan materiallar: farzandingizning fotosurati (qogʻoz koʻrinishi boʻlmasa, telefoningizdagi surati ham foydalanish mumkin).

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: suratga birgalikda qarang. “Qara, bu ___!” (farzandigizning ismini ayting) deng. “Kim bu? Ha, bu __!” (farzandingiz ismini oʻzi yoki siz bilan birgalikda aytishi mumkin.) “Sen uch yoshdasan! Sen qiz / oʻgʻil bolasan!” Siz bitta suhbat davomida farzandingizning ismi, yoshi va jinsi haqida gaplashishingiz yoki ismi va yoshidan boshlashingiz mumkin. Yaʼni farzandingiz biladigan va qiziqadigan narsalar haqida suhbat qurasiz. Farzandingizga turli yoshdagi rasmlarini koʻrsatib ismini, yoshini soʻrang, shuningdek, “Men qiz bolaman” yoki “Men oʻgʻil bolaman” deb aytishga undang. Farzandingiz bu haqda oilaning boshqa aʼzolariga ham aytishi mumkin (Fotosuratlarsiz ham farzandingizdan “Isming nima?” deb soʻrab koʻring. “Toʻgʻri, sen __san!”).

Farzandingiz nimani oʻrganadi: oʻz ismi, yoshi va jinsini oʻrganish bolaning shaxsiyati yoki oʻzini anglashining bir qismidir.