Men koʻp narsalar chizaman!
Kerak boʻladigan materiallar: boʻrchalar, qalam yoki markerlar (iloji boʻlsa, bir nechta); katta qogʻoz varaqlari (hatto gazeta yoki plakatning orqa tomoni ham boʻlaveradi).
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda aksariyat bolalar “realistik” (haqiqiyga yaqin) rasmlarni chizolmaydilar, lekin ular qogʻozga tushunarsiz, aniq boʻlmagan tasvirlarni chizishni yaxshi koʻrishadi. Bir necha oy oldin farzandingiz buni qilishni boshlagan boʻlishi mumkin; endi siz chizishni yanada koʻproq ragʻbatlantirish imkoniga egasiz.
Katta qogʻozni rasm chizish yoki yozish uchun baʼzi materiallar bilan tekis yuzaga qoʻying va bolangizga yetarlicha vaqt bering. U rangli qalam bilan belgilar qoʻyishni boshlashi mumkin. Agar farzandingiz bu ishni ilgari ham qilgan boʻlsa, uning harakatlari ancha tezroq boʻladi.
Farzandingizga materiallardan oʻzi xohlagan tarzda foydalana olsin. Siz “Voh, mana shu qalam bilan shuncha belgi qoʻyding-a. Manavi yerga katta doira chizibsan, anavi yerga esa uzungina chiziq!” Agar iloji boʻlsa, farzandingiz chizgan bir nechta “rasmlar” koʻrinarli joyga yopishtirib qoʻyishingiz mumkin. Buz siz va oilangiz uchun esadalik boʻlib qoladi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu tajribalar rasm chizish va yozish uchun dastlabki qadamlardir. Farzandingiz barmoqlari va qoʻllaridagi mayda mushaklarni koʻproq nazorat qiladi. Miyasi oʻylaydigan (uzun belgi qoʻying) va barmoqlari qilayotgan narsalar oʻrtasida aloqalar oʻrnatishni boshlaydi. Bolangiz nima qilayotganini soʻzlar bilan tasvirlab tursangiz, uning nutqi rivojlanishiga ham hissa qoʻshasiz.