Men o'zimni ovqatlantiraman

Sizga kerak bo'ladigan materiallar: Farzandingiz yoqtiradigan oziq-ovqatning oz miqdori, farzandingiz yoningizda o’z ovqati bilan o’tirishi mumkin bo’lgan joy.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Bu yoshda ko'plab bolalar o'zlarini o’zlari  ovqatlantirishni boshlaydilar. Ehtimol, farzandingiz hali qoshiq ishlatmas, ammo barmoqlari yaxshi harakatlanadi! Mazali ovqatning bir qismini farzandingiz olishiga qulay qilib solib bering. U ovqatni darhol olib, og'ziga solishi mumkin.  Agar shunday qilsa, mamnunligingizni bildiring ("Sen o’zing yeya olding!" Yoki "Meva shirin ekanmi?"). Shuningdek, siz ham bir bo’lagini tishlab olib, sizga qanchalar yoqqanini bildirishingiz mumkin. So’ng, farzandingiz o’g’ziga bir bo’lak solib, u ham shunday qiladimi - yo’qmi kuzating. 

Farzandingiz nimani oʻrganadi: Madaniy an’analarga binoan va farzandingizning rivojlanishiga qarab, siz vaqti-vaqti bilan farzandingizni ovqatlantirishda davom etishingiz mumkin. Ammo, farzandingizni mustaqil ovqatlanishga rag’batlantirish, uning barmoqlaridan foydalanish ko’nikmalarini muvofiqlashtirib, rivojlantiradi. Bu ko’nikmalar yillar o’tib unga chizish va yozishni boshlaganda asqotadi. Bu vaqtda siz farzandingiz bilan gaplashib (masalan maxsulotlar nomini aytib), uning nutqini rivojlanishiga ko’mak bergan bo’lasiz.