Mening ilk oʻgirilishlarim

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: goʻdaklar sekin-asta oʻz tanalari bilan koʻproq tanishib, oʻz dunyosini kashf etishga imkon beradigan harakatlarni muvofiqlashtira boshlaydilar. Bu faol mashgʻulot kichkintoyingizga oʻgirilish koʻnikmalarnini qisqa vaqt ichida oʻzlashtirishga yordam beradi.

Dastlab kichkintoyingizni yumshoq yuzaga, yoki karavotga yotqizishingiz kerak. Uning bir oyogʻini ushlang va ikkinchisining ustidan oʻtkazing. Xuddi shu mashqni boshqa oyoq bilan yana bir bor bajaring. Taxminan uch marta takrorlang va toʻrtinchi martasida qoʻlingizni farzandingizning tagiga qoʻyib, ehtiyotkorlik bilan, to u qorniga agʻdarilgunga qadar unga yordam bering.

Mashqlarni bajarayotganda quyidagi sheʼrni aytishingiz mumkin:

Dumalaymiz, agʻdarilamiz,

Mazza qilamiz.

Aylanamiz, oʻrgilamiz,

Yayrab, quvnaymiz!

Kichkintoyingizga ozor berib qoʻymaslik uchun barcha harakatlarni ehtiyotkorlik bilan bajarishni va kichkintoyingiz boʻynini mustaqil tuta olishi kerakligini unutmang. Kichkintoyingizni yana chalqancha yotqizib, boshqa tomonga agʻdaring va mashqni takrorlang. U oʻgirilgan tomonda turing va diqqatini jalb qilish uchun u bilan gaplashing, soʻng sheʼrni takrorlang. Koʻplab oʻpichlar bilan mashqni yakunlang.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashq kichkintoyingiz belidan qorniga agʻdarilayotganda kuchga ega boʻlishi va harakatlarini muvofiqlashtirishiga, keyinchalik, bir necha oylardan soʻng harakat faolligini oshirib, muvofiqlashtiruvchi koʻnikmalar hosil qilishiga yordam beradi.