“Mening manzilim” qoʻshigʻi

Kerak boʻladigan materiallar: qogʻozga katta harflar bilan yozilgan farzandingizning ismi va manzili (hozircha bu shunchaki koʻcha manzili boʻlishi mumkin).

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingizga birgalikda maxsus qoʻshiq yaratishni taklif qiling. “Bu sening isming va manziling, yaʼni biz yashaydigan joy haqidagi qoʻshiq boʻladi. Biz bu qoʻshiqni birgalikda dadangga (yoki boshqa oila aʼzolarimizga) kuylab berishimiz mumkin” deb ayting.

Oson soʻzlardan foydalanib, ularni oʻzingizga tanish boʻlgan musiqaga solishingiz mumkin:

Men Mariya, men Mariya, bu mening ismim, bu mening ismim!

Lila koʻchasi 3-uy – bu mening uyim, bu mening uyim!

Bu mening manzilim, mening manzilim!

Qoʻshiqni birgalikda kuylang. Kuylash davomida farzandingizga qogʻozdagi ismi va manzilini koʻrsating. Qoʻshiqni uyda biror yumushni bajarayotganingizda yoki koʻchada sayr qilayotganingizda tez-tez takrorlang. Koʻp oʻtmay farzandingiz qoʻshiqni oʻzi mustaqil kuylashni oʻrganadi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bolalar maktabga tayyorlanayotganida oʻz ismi va manzilini bilishi juda muhim. Qoʻshiqlar bolalarga nafaqat ismlarni, balki alifbo harflari va boshqa maʼlumotlarni yodlashga ham yordam beradi. Qoʻshiqlarni yod olish farzandingizning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, birgalikda qoʻshiq yaratish esa sizlarning oʻzaro munosabatlaringizni yanada mustahkamlaydi.