Mening maxsus yordamchim

Kerak boʻladigan materiallar: kundalik turmushda ishlatiladigan narsalar yoki boshqa materiallar. Masalan, toza taxlangan kiyimlar; bolangiz oʻynagan oʻyinchoqlar yoki boshqa narsalar; ovqat uchun qoshiqlar, sinmaydigan piyolalar yoki boshqa narsalar; bogʻdan topilgan narsalar, masalan, yerdagi barglar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingizga “maxsus yordamchingiz boʻlish”ni taklif qiling. Masalan, bunday deng: “Menga mana bu paypoqlarni yigʻishda yordaming juda zarur. Baʼzilarini singilchangning shkafiga qoʻyamiz; baʼzilari senikiga qoʻyamiz. Iltimos, bularni olib, joyiga qoʻy. Barakalla, juda katta yordam berding. Rahmat!”

Ushbu turdagi mashgʻulotlar har kuni turli xil materiallar va vazifalar bilan muntazam ravishda bajarilishi mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: u hamkorlik qilishni oʻrganmoqda. Boshqalarga yordam berish farzandingizni ham, boshqalarni ham quvontiradi. Farzandingiz oddiy koʻrsatmalarga rioya qilishni, boshqa buyumlarning nomlarini oʻrganadi. U narsalarni saralashni yoki guruhlashni oʻrganishi ham mumkin, masalan, siz bolangizdan eng kichkina paypoqlarni topib, ularni bitta qutiga, kattaroq paypoqlarni boshqa qutiga solishni soʻrashingiz mumkin. Bu ishni sinovdek emas, balki qiziqarli va doʻstona mashgʻulotdek tashkillashtiring.