Mening savatimda...
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: birinchi ishtirokchi oʻyinni: “Menda savat bor. Mening savatimda...” deb boshlaydi, keyin esa “A” harfi bilan boshlanadigan biror narsaning nomini aytadi. Masalan, “Mening savatimda anjir bor”.
Navbatdagi ishtirokchi “B” harfiga biror soʻz aytib oʻyinni davom ettiradi. Masalan, “Mening savatimda anjir va banan bor”.
Keyingi ishtirokchi “Mening savatimda...” deb, oʻzigacha aytilgan hamma predmetni takrorlaydi va oʻzi ham alifboning keyingi harfi bilan boshlanadigan biror soʻz aytadi. “Ch” harfigacha oʻyin shu tarzda davom etadi.
Tegishli harfga biror narsaning nomini ayta olmagan yoki xato qilgan ishtirokchi oʻyindan chiqib ketadi. Oʻyin oxirida qolgan ishtirokchi gʻolib boʻladi!
Sizning uzoq muddatli xotirangiz hajmi deyarli cheksiz, lekin qisqa muddatlisi bir vaqtda faqat 4 tadan 9 tagacha tasodifiy maʼlumot parchalarini saqlab qolishi mumkin xolos.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulotda asosiy eʼtibor xotira, harflar va soʻzlarga qaratilgan. Ishtirokchilar birgalikda gʻayrioddiy va turli-tuman narsalarning roʻyxatini tuzishi kerak – savatingizdagi olma, banan va sabzidan tortib chumolixoʻrlar, shlyapa va zambarak oʻqlarigacha. Oʻyinni siz xohlagandek kulgili, hatto tartibsiz tarzda oʻtkazish ham mumkin!