Mening sevimli oʻyinchogʻim
Kerak boʻladigan materiallar: sevimli oʻyinchoq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oldin kichkintoyingiz bilan oʻynaydigan joyingizni tayyorlab oling. Uni yoningizdagi karavot, gilam, stul yoki yumshoq koʻrpa ustiga oʻtqazing.
Oʻyinni farzandingiz bilan birga, uning oʻyinchogʻini oʻynashdan boshlang. Kichkintoy oʻyinni boshqarishiga imkon bering, soʻng oʻyinchoqni boshqa oʻyinchoqlar orasiga qoʻshib qoʻying. Uni oʻyinchogʻini topishga undang, masalan, “Aravacha qani?” deb soʻrang.
Agar u eʼtiborini boshqa oʻyinchoqqa qaratayotgan boʻlsa, kichkintoyingiz tanlovini hurmat qiling va mashgʻulotni shu oʻyinchoq bilan davom ettiring.
Qutiga oʻyinchoqlarni soling va kichkintoyingiz qutidan sevimli oʻyinchogʻini topsin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu mashgʻulot yordamida kichkintoyingiz sevimli buyumlarini aniqlashiga va egalik hissini rivojlantirishiga yordam berasiz.